“Matonat maktabi” — jamiyatda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyunda imzolagan "Matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-270-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularni jamiyatga to‘laqonli integratsiya qilish va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ichki salohiyatini ochish, ularni o‘ziga ishongan, mustaqil va faol shaxs sifatida shakllantirish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish.
“Matonat maktabi” — bu aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari o‘z imkoniyatlarini anglaydigan, o‘ziga ishonch hosil qiladigan va yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yishida ko‘makdosh bo‘ladigan loyiha.