“Matonat maktabi” — jamiyatda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyunda imzolagan "Matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-270-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularni jamiyatga to‘laqonli integratsiya qilish va hayot sifatini yaxshilashdan iborat.
- Ta’lim va rivojlanish: aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash uchun maxsus o‘quv dasturlari tashkil etish;
- Ijod va san’at: aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va namoyish etish;
- Kasbga yo‘naltirish: aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini mehnat bozorida raqobatbardosh kasblarga o‘qitish;
- Ijtimoiy integratsiya: aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari jamiyatda teng huquqli ishtirok etish uchun zarur sharoitlar yaratish;
- Psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ruhiy va ijtimoiy holatini mustahkamlash.
- Inson qadr-qimmati ustuvorligi
- Teng imkoniyatlar
- Mehr va qo‘llab-quvvatlash
- Ijodkorlik va innovatsiya
Ochiqlik va hamkorlik sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini ta'minlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish.
“Matonat maktabi” — bu aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari o‘z imkoniyatlarini anglaydigan, o‘ziga ishonch hosil qiladigan va yangi hayot bosqichiga qadam qo‘yishida ko‘makdosh bo‘ladigan loyiha.