Abdulaziz Xayrullayev — 2001 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, adaptiv sport sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassis, para suzish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni hisoblanadi. Ayni vaqtda u O‘zbekiston Adaptiv sport assosiatsiyasida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritib, adaptiv sportni rivojlantirish, inklyuziv muhitni kengaytirish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, u «Matonat» maktabi motivatori sifatida yoshlar va ehtiyojmand insonlarni ruhlantirish, ularni o‘z imkoniyatlariga ishonishga undash yo‘lida faol ishtirok etmoqda. Uning hayot yo‘li, matonati va erishgan yutuqlari ko‘plab yoshlar uchun ilhom va ibrat manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.