“Matonat maktabi” — jamiyatda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining ijtimoiy faolligini oshirish, ularning iste’dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi loyiha. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-270-son qarori asosida tashkil etilgan.
Loyiha aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga teng imkoniyatlar yaratish, jamiyatga to‘laqonli integratsiya qilish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Saytning “Qabul” bo‘limi orqali onlayn ariza qoldirishingiz mumkin. Arizangiz ko‘rib chiqilgach, mas’ul xodimlar siz bilan bog‘lanadi.
Saytning “Bog‘lanish” sahifasida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.